Toshkentda Milliy gvardiya xodimi cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi
  • 1
  • 07.10.2025 12:49:00
  • 1 min read

7-oktabr kuni soat 00:05 da Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv (“Bo‘rijar”) kanalida cho‘kayotgan qiz Milliy gvardiya xodimi tomonidan qutqarib qolindi. Gvardiyachilar tez yordam yetib kelguncha uni suvdan chiqarib, dastlabki tibbiy yordamni ko‘rsatishgan. Jabrlanuvchi Toshkent shahrida yashovchi qiz ekani aniqlanib, noma’lum sabab o‘zini suvga tashlagani aytilmoqda. Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News