
- 0
- 09.10.2025 12:31:00
- 1 min read
Bugun, 8-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida “Mubashshir Ahmad” nomi bilan tanilgan Alisher Tursunovga hukm o‘qildi. Sud qaroriga ko‘ra, u milliy, diniy adovat qo‘zg‘atish va noqonuniy diniy materiallarni tarqatganlikda aybli deb topildi va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Shuningdek, Facebook, Instagram, Telegram va YouTube’dagi “Mubaşşir Ahmad” va “Azon Global” kanallari faoliyati to‘xtatilib, bloklanadi.