
- 2
- 27.08.2026 18:00:00
- 1 min read
Turkiyaning Bursa shahrida svetoforning yashil chirog‘i yongach, tezlikni oshirgan mototsikl haydovchisi oldinda ketayotgan avtomobilni payqamay, unga orqadan urildi. Kuchli to‘qnashuv oqibatida haydovchi bir necha metrga uchib ketdi, avtomobil esa jiddiy shikastlandi.
Mototsiklchi shifoxonaga olib ketilgan. Uning tanasida bir nechta suyak sinishi aniqlangan. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan.