O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib keluvchilar ko‘paydi

O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib keluvchilar ko‘paydi
  • 5
  • 29.08.2026 17:51:00
  • 1 min read

2026-yilning birinchi yarmida 1 649 kishi xorijdan O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib keldi. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 baravarga ko‘p.

Ko‘chib kelganlarning eng katta qismi Rossiya — 580 nafar, Qozog‘iston — 362 nafar va Tojikiston — 147 nafar fuqarolaridir.

Hududlar kesimida eng ko‘p xorijdan ko‘chib keluvchilar Toshkent shahri — 1 089 nafar va Toshkent viloyatiga — 269 nafar to‘g‘ri kelgan.

2025-yilning birinchi yarmida esa O‘zbekistonga doimiy yashash uchun 673 kishi ko‘chib kelgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News