
- 2
- 01.11.2025 18:57:00
- 1 min read
2025-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 ming bola tug‘ilgan. Shundan 343,6 mingtasi o‘g‘il, 321 mingtasi qiz bola.
Tug‘ilishlarning 52 foizi qishloqlarda, 48 foizi shahar joylarda qayd etilgan. Har ming nafar aholiga 23,5 ta tug‘ilish to‘g‘ri keldi.
1-oktabr holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi 38,07 million kishiga yetgan. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida (4,36 mln), eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida (942,6 ming) yashaydi.
To‘qqiz oyda 177 mingta nikoh tuzilgan — bu so‘nggi 15 yildagi eng past ko‘rsatkich.