
- 1
- 26.08.2026 15:51:00
- 1 min read
O‘zbekistonda fuqarolar bir-biriga bank karta yoki hisobvaraq rekvizitlarisiz, telefon raqami orqali pul yuborishi mumkin bo‘ladi.
Markaziy bankning yangi qaroriga ko‘ra, buning uchun oluvchining telefon raqami uning bank hisobvarag‘iga bog‘langan bo‘lishi kerak. Qaror 24-avgust kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va rasmiy e’lon qilinganidan uch oy o‘tib kuchga kiradi.
Pul yuborishda bank ilovasiga oluvchining telefon raqami yoki maxsus “bog‘lash kodi” kiritiladi. Tizim oluvchining hisobvarag‘ini aniqlaydi va o‘tkazmani tasdiqlashdan oldin uning ismi, banki hamda komissiya miqdorini ko‘rsatadi.
Ilova orqali yuboriladigan pullar 24/7 rejimida real vaqtning o‘zida o‘tkaziladi.
Shunday qilib, yangi tizim ishga tushgach, pul yuborish uchun oluvchining karta yoki hisobvaraq rekvizitlarini kiritish shart bo‘lmaydi.