
- 4
- 25.09.2026 16:22:00
- 1 min read
Ozarbayjonda O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon harbiylari ishtirokidagi “Birlik kuchi — 2026” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 21-sentabrdan 1-oktabrgacha davom etadi.
Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi gibrid tahdidlarga qarshi kurashish, qo‘shma operatsiyalarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarlikni oshirish, shuningdek, uch davlat qo‘shinlarining o‘zaro hamjihatligi va jangovar qobiliyatini kuchaytirishdan iborat.
Unda uch davlat Mudofaa vazirliklarining harbiy xizmatchilari, jangovar texnika, harbiy-dengiz floti va aviatsiya vositalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari qatnashmoqda.
Uch bosqichdan iborat mashg‘ulotlar Ozarbayjonning Qorabog‘ iqtisodiy hududidagi “Qizilgaya” o‘quv-mashg‘ulot markazi, Naxichevan Muxtor Respublikasidagi “Qorabog‘lar” o‘quv-mashg‘ulot markazi hamda Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektoridagi “Buyuk Zira” o‘quv-mashg‘ulot maydonida o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar davomida qo‘shinlarning o‘zaro hamkorligini yaxshilash, o‘quv-mashg‘ulot tartib-qoidalarini standartlashtirish va bo‘linmalarning jangovar salohiyatini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.