Belgiya poytaxtida ish tashlash avj oldi

Belgiya poytaxtida ish tashlash avj oldi
  • 0
  • 15.10.2025 16:17:00
  • 1 min read

Belgiya poytaxti Bryusselda hukumatning tejamkorlik siyosatiga qarshi umumiy ish tashlash va namoyishlar avj oldi. Tadbirda 80–150 ming kishi ishtirok qilgan. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichdan foydalangan, bir nechta ishtirokchilar qo‘lga olindi. Namoyishchilar hukumatning pensiya yoshini oshirish va ijtimoiy ta’minotni kamaytirish siyosatiga qarshi chiqmoqda. Ish tashlash natijasida jamoat transporti to‘xtadi, ayrim parvozlar bekor qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News