
- 2
- 21.08.2026 16:37:00
- 1 min read
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning “Qizaloq va Maymoq” multfilmini yaratuvchi “Animakkord” studiyasi va uning besh nafar vakiliga qarshi 10 yil muddatga sanksiya joriy etdi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi multserial bolalar kontenti orqali rossiyaparast qarashlarni tarqatadi va mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladi, deb hisoblamoqda.
Sanksiyalar multserialni mamlakat hududida bloklash, shuningdek, Netflix va YouTube kabi platformalarda uning tarqatilishi va monetizatsiyasini cheklash uchun huquqiy asos yaratadi.
“Qizaloq va Maymoq” rus xalq ertagi asosida yaratilgan bo‘lib, dunyodagi eng mashhur animatsion loyihalardan biri hisoblanadi.