
- 4
- 19.10.2026 14:13:00
- 1 min read
19-oktabr kuni Samarqandda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov uchrashdi.
Muzokaralarda strategik sheriklikni mustahkamlash, infratuzilma, kosmos va muhim minerallar sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, "C5+1" formati doirasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Rubio tashrif doirasida qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif yakunida milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, Mayamidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
#uzbekistan #aqsh #markoRubio