
- 2
- 21.08.2026 12:59:00
- 1 min read
Farg‘ona viloyati Quva tumanida erkak oilaviy mojaro sabab qaynotasining uyiga o‘t qo‘ydi.
Aniqlanishicha, uning xotini farzandini olib, ota uyiga ketgan. Rossiyadan qaytgan erkak farzandini ko‘rish uchun qaynotasinikiga borgan. Qaynonasining qizi boshqaga turmushga uzatilgani haqidagi gapidan jahli chiqib, bir necha soatdan so‘ng qo‘lida benzin bilan yana xonadonga kelgan. U xonalardan biriga benzin sepib, o‘t qo‘ygan va voqea joyidan ketgan. Yong‘in oqibatida 109 million 884 ming so‘mlik zarar yetkazilgan. Sudda erkak aybiga to‘liq iqror bo‘lib, pushaymonligini bildirgan. Zarar to‘liq qoplangan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatda aybli deb topib, 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.