Toshkent metrosida qizga tegajog‘lik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Toshkent metrosida qizga tegajog‘lik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi
  • 0
  • 16.10.2025 15:09:00
  • 1 min read

Toshkent metrosida 20 yoshli talaba qizga jismoniy va og‘zaki tajovuz qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ma’lum bo‘lishicha, 26-sentabr kuni metro vagonida u qizning tanasiga qo‘l tekkizgani va u e’tiroz bildirgach, haqoratli so‘zlar ishlatgan. Sud jarayonida yigit qo‘li “tasodifan tegib ketgan bo‘lishi mumkinligini” aytgan, biroq haqorat qilganini tan olgan. Chilonzor tuman sudi holatni o‘rganib chiqib, ishni “mayda bezorilik” moddasidan “shahvoniy shilqimlik” moddasiga o‘tkazdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News