
- 3
- 02.09.2026 13:57:00
- 1 min read
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kanalda oqib ketayotgan 3 yoshli bolani fuqaro qutqarib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro videorolik suratga olish uchun hududga borganida voqeaga tasodifan guvoh bo‘lgan. U darhol suvga tushib, bolani qutqarib, qirg‘oqqa olib chiqqan. Jasorati uchun fuqaro tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlangan.
U ota-onalarni farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikka va bolalarni cho‘milish taqiqlangan joylarga yubormaslikka chaqirdi.