
- 3
- 09.10.2025 12:41:00
- 1 min read
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida erkak alimentdan voz kechmagan xotinini mashinada urib yuborib, og‘ir jarohat yetkazdi. “NeMolchi.uz” xabar berishicha, ayol — Zamira ismli fuqaro sobiq turmush o‘rtog‘i Shahriyor tomonidan yillar davomida kaltaklanib kelgan. 12-avgustda viloyat fuqarolik sudi ajrashish masalasini koʻrib chiqib, uch oy muddat belgilagan. Sud qarori bilan erkak toʻrt nafar farzandi uchun aliment toʻlashga majbur qilingan. 13-avgust kuni er xotiniga qoʻngʻiroq qilib “Alimentdan voz kech, aks holda mendan yaxshilik kutma”, deya tahdid qilgan va ertasi kuni uni Damas avtomobili bilan urib yuborgan. Natijada ayolning umurtqasi sinib, belidan pastki qismi falaj bo‘lgan. Jinoyat ishi transport vositasidan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bilan qo‘zg‘atilgan va erkak qamoqdan qutilib qolgan. Ayol hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda. Uning yaqinlari esa adolat talab qilmoqda.