Farg‘onada erkak 10 million so‘m alimentni deb xotini va qizini o‘ldirgani aniqlandi

Farg‘onada erkak 10 million so‘m alimentni deb xotini va qizini o‘ldirgani aniqlandi
  • 3
  • 05.11.2025 09:59:00
  • 1 min read

Avvalroq Farg‘onada 1991-yilda tug‘ilgan erkak aliment sabab xotini va ikki yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, erkakning alimentdan qarzi 10 mln so‘m bo‘lgan. U sud qaroriga ko‘ra farzandlari uchun aliment to‘lashi kerak bo‘lgan, biroq majburiyatni bajarmagani uchun bir necha bor ogohlantirilgan va 15 sutkaga qamalgan.
3-noyabr kuni erkak xotini bilan aliment sabab janjallashib, xotini va qizini pichoqlab o‘ldirgan. Hozirda u hibsda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News