Hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan erkak jarimaga tortildi

Hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan erkak jarimaga tortildi
  • 1
  • 19.08.2026 21:16:00
  • 1 min read

Toshkent hayvonot bog‘ida sher va jayralarga tosh otgan erkakka 2,884 mln so‘m jarima solindi.
Voqea 13-avgust kuni erkak farzandlari bilan hayvonot bog‘iga kelganida sodir bo‘lgan. U sher va jayralarga tosh otgan, ayrim toshlar hayvonlarga tekkan. Erkakning farzandi ham uning harakatini takrorlagan.
Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, erkak IIBga chaqirtirildi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2 884 000 so‘m jarima tayinlandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News