
- 1
- 18.08.2026 16:31:00
- 1 min read
Singapurda 40 yoshli erkak qizining boshini silagan 73 yoshli erkakni yerga yiqitdi.
Voqea savdo markazidagi ovqatlanish hududida yuz bergan. Videokuzatuv tasvirlarida keksa erkak qizaloq yonidan o‘tayotib, uning boshini shunchaki mehr bilan silagani, shundan so‘ng qizaloqning onasi uni to‘xtatgani ko‘rinadi. Keyin qizaloqning otasi keksa erkak bilan janjallashib, uni qo‘lidan ushlab yerga yiqitgan.
Keksa erkakning ismi Yeo Song Hun bo‘lib, u 40 yildan beri savdo markazidagi kafeni boshqarib keladi. Uning aytishicha, qizaloqni “juda yoqimtoy” deb bilgani uchun boshini silagan. Bu esa noto‘g‘ri tushunilib, qizaloqning otasini g‘azablantirgan. Hodisadan keyin keksa erkakning belida kuchli og‘riq paydo bo‘lgan va u tibbiy yordamga murojaat qilgan. Yeo oilasining ma’lum qilishicha, u avval oyog‘i va sonidan olgan jarohatlari sabab qiynalib yurgan.
Qariyaga hujum qilgan erkakning shaxsi aniqlanib, hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.