Masjidda mushukni tepgan erkak qo‘lga olindi

Masjidda mushukni tepgan erkak qo‘lga olindi
  • 2
  • 04.09.2026 13:24:00
  • 1 min read

Turkiyaning Erzurum shahrida bir erkak masjidda namoz vaqtida odamlar orasida yurgan mushukni tepib yubordi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, jamoatchilik keskin munosabat bildirdi.
Hodisa 25-avgust kuni sodir bo‘lgan. Videoda erkak namoz o‘qiyotgan paytda uning oyoqlari orasidan o‘tmoqchi bo‘lgan mushukni tepib yuborgani, mushuk esa uchib borib imomning boshiga urilib, yerga tushgani ko‘rinadi.
Video tarqalgach, Erzurum Bosh prokuraturasi Hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun doirasida ish ochib, gumondorni aniqladi va qo‘lga oldi. Keyinchalik gumondor tergov doirasida ozod qilindi. Mushukning sog‘lig‘i yaxshi ekani va jarohatlanmagani ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News