
- 2
- 21.08.2026 15:08:00
- 1 min read
Toshkent halqa avtomobil yo‘lida davlat raqamisiz va oynalari qoraytirilgan Malibu 2 haydovchisi YPX xodimining to‘xtash talabiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil Uch Qahramon tomonidan Hasanboy tomon harakatlangan. YPX xodimi maxsus moslama yordamida to‘xtash ishorasini bergan, biroq haydovchi keskin orqaga burilib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatni davom ettirgan. Shundan so‘ng avtomobil quvib yetilib, haydovchi ushlandi.
Haydovchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.