“Sharmandali” deb topilgan mahalla salkam bir oyda “Eng namunali”ga aylandi

“Sharmandali” deb topilgan mahalla salkam bir oyda “Eng namunali”ga aylandi
  • 3
  • 03.09.2026 13:07:00
  • 1 min read

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Birlik” mahallasi avgust oyi boshida obodonlashtirish va sanitariya holati qoniqarsiz ekani sabab “Sharmandali mahalla” deb e’lon qilingandi.

Oradan salkam bir oy o‘tib, mahalla viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni egalladi.

Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, mahalla “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari uchun alohida e’tirof etilgan. G‘olib mahallaga rag‘bat sifatida 500 million so‘mlik vaucher taqdim etildi.

 

Avvalroq Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov obodonlashtirilmagan mahallalarga “sharmandali mahalla”, talab darajasida saqlanmagan xonadonlarga esa “uyatli xonadon” yozuvlari o‘rnatishni topshirgandi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News