Madagaskar prezidenti noroziliklar fonida mamlakatdan qochib ketdi

Madagaskar prezidenti noroziliklar fonida mamlakatdan qochib ketdi
  • 0
  • 14.10.2025 16:23:00
  • 1 min read

Madagaskar prezidenti Andri Rajoelina yoshlar namoyishlari va harbiylarning dezertirligi ortidan mamlakatni tark etdi. Reuters xabariga ko‘ra, u 12-oktabr kuni Fransiya harbiy samolyotida oroldan chiqib ketgan. Rajoelina o‘z murojaatida “hayotini saqlash uchun xavfsiz joyga ketishga majbur bo‘lganini”, ammo iste’foga chiqmasligini aytdi. Fransiya hukumati prezidentning evakuatsiyasiga aralashmaganini bildirdi. Madagaskarda sentabr oyi oxiridan beri “Z avlodi” yoshlar harakati hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kun ichida 22 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News