
- 1
- 21.08.2026 10:57:00
- 1 min read
AQSHning Pensilvaniya shtatida Cessna 150 samolyoti va Bell 407 rusumli politsiya vertolyoti to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan, vertolyotdagi ikki politsiya xodimi jarohatlangan.
Voqea 19-avgust kuni Karlayl aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qo‘nayotgan vaqtda yerga yaqin uchib kelayotgan politsiya vertolyotiga urilgan.