
- 12
- 28.09.2026 13:47:00
- 1 min read
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu tashabbusni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva va Bolalar ombudsmani ilgari surdi.
Shahnoza Mirziyoyeva tegishli qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlanganini ma’lum qildi.
Shuningdek, ota-onalarning bolalarga yetarlicha g‘amxo‘rlik qilmagani va pedagoglarning zo‘ravonlik yoki kamsitishga yo‘l qo‘ygani uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.
Bolalar ombudsmani esa og‘ir jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosini joriy etish zarurligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, bunday jinoyatlar bolalarning jismoniy va ruhiy holatiga uzoq muddatli zarar yetkazadi.