Lee Jae-myung becomes the new president of South Korea

Lee Jae-myung becomes the new president of South Korea
  • 0
  • 04.06.2025 09:20:00
  • 1 min read

🇰🇷 Li Che Myong Janubiy Koreyaning yangi prezidenti bo‘ldi

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovida muxolifatdagi Birlashgan demokratik partiya nomzodi Li Che Myong 49,25% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning raqibi, hukmron “Fuqarolik kuchi” partiyasidan Kim Mun Su esa 41,40% ovoz oldi. Saylovchilar faolligi 77,8%ni tashkil etdi — bu 28 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Li ilgari 2022-yilda prezidentlik saylovida kichik farq bilan mag‘lub bo‘lgan edi. U kampaniyasi davomida Shimoliy Koreya bilan aloqalarni yaxshilash va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishni va’da qilgan.
Yangi prezident 1963-yilda tug‘ilgan, huquqshunoslik bo‘yicha tahsil olgan, Sonnam shahar hokimi bo‘lib ishlagan va uchinchi bor prezidentlikka nomzod bo‘lib chiqdi.
Avvalgi prezident Yun Sok Yol 2024-yilda mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga uringanidan so‘ng, parlament tomonidan impichmentga uchragan va Konstitutsiyaviy sud qarori bilan lavozimidan butunlay chetlatilgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News