
- 3
- 10.09.2026 11:54:00
- 1 min read
10-sentabr kuni Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonunni ma’qulladi.
Unga ko‘ra, amaldagi 26 harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta tutuq belgisi joriy etiladi. O‘zgarishlar alifboni yagona shaklga keltirish, yozuvdagi ayrim noqulayliklarni bartaraf etish va o‘zbek tilini raqamlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan.
Yangi alifboga o‘tish jarayonida amaldagi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishiga to‘sqinlik qilinmaydi. Ayrim peshlavha, ko‘rsatkich va ramziy belgilar esa belgilangan muddatgacha yoki yaroqsiz holga kelguncha ishlatilishi mumkin.
Qonun qabul qilingan kundan olti oy o‘tib kuchga kiradi.