Qirg‘izistonda militsiya to‘ylarni 22:00 da to‘xtatishga kirishdi

Qirg‘izistonda militsiya to‘ylarni 22:00 da to‘xtatishga kirishdi
  • 4
  • 14.11.2025 13:35:00
  • 1 min read

Qirg‘izistonda barcha to‘ylar, kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalar soat 22:00 da yopilishi shart ekani rasman e’lon qilindi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyevning aytishicha, bu cheklovlar “sukunat to‘g‘risidagi qonun” asosida joriy etilmoqda.

Endilikda, kimda-kim bu tartibni buzsa, 22:00 dan keyin muassasaning elektr ta’minoti o‘chirib qo‘yiladi. Tashiyev mahalliy hokimliklarga ushbu tartib bajarilishini qat’iy nazorat qilishni topshirdi.

Bayonotdan keyin Bishkek va O‘sh shaharlaridagi kafe, restoran va tungi klublarda reydlar o‘tkazildi. Natijada ko‘plab muassasalarning yangi tartibni buzayotgani aniqlandi.

Rasmiylar reydlar davom etishini, qoidani buzganlarga esa jarima qo‘llanishini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News