Qozog‘istonda pedofillar ozodlikka chiqishidan avval kastratsiya qilinadi

Qozog‘istonda pedofillar ozodlikka chiqishidan avval kastratsiya qilinadi
  • 0
  • 09.10.2025 12:27:00
  • 1 min read

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi buyrug‘iga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarga jazoni o‘tash muddati tugashidan 6 oy oldin kimyoviy kastratsiya qo‘llanadi. Tartib faqat sud qarori bilan, jazoni ijro etish muassasasida yoki tibbiy tashkilotlarda amalga oshiriladi. Jazoni o‘tayotgan shaxsning jazo muddati tugashidan 12 oy oldin sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkaziladi. Unda shaxsning ruhiy holati va jinsiy zo‘ravonlikka moyilligi aniqlanadi. Ruhiy buzilishi bo‘lsa-da, aqli raso deb topilgan shaxslarga bu tartib tatbiq etilmaydi. Bu 2025-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News