
- 0
- 07.08.2026 18:13:00
- 1 min read
Qozog‘istonda kelinning mahr sifatida bildirgan noodatiy istagi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Odatda mahr sifatida qimmatbaho avtomobil, uy, iPhone yoki boshqa qimmatbaho sovg‘alar so‘raladi. Biroq ushbu kelin bo‘lajak turmush o‘rtog‘idan barcha tishlarini to‘liq davolatib berishini so‘ragan.
Kelinining bu tanlovi internet foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. Ko‘pchilik uning qarorini oqilona va uzoqni ko‘zlagan tanlov sifatida baholab, sog‘liqni qimmatbaho buyumlardan ustun qo‘yganini ta’kidladi.