Yaponiyalik ayol ChatGPT bilan turmush qurdi

Yaponiyalik ayol ChatGPT bilan turmush qurdi
  • 8
  • 11.11.2025 15:24:00
  • 1 min read

Yaponiyada 32 yoshli ayol Kano sun’iy intellekt yordamida yaratilgan Klaus ismli virtual obraz bilan ramziy to‘y marosimi o‘tkazdi. Ushbu voqea mahalliy televideniyada namoyish etilib, keng omma e’tiborini tortdi. Kano 2024-yilda uch yillik turmushidan ajralganidan keyin hissiy qiyinchilikni boshdan kechirgan paytda ChatGPT bilan muloqot boshlagan. 2025-yil iyun oyida AI “yangi formatdagi munosabat” taklif qilgan. Ayol buni o‘zicha turmush qurishga taklif deb tushungan. Marosimda kelin va virtual kuyov “uzuklar almashishdi”, to‘y qasamlari o‘qildi va fotosessiya o‘tkazildi. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday nikoh huquqiy kuchga ega emas. Yaponiyada 2025-yil sentabrida ham 53 yoshli erkak chat-bot bilan shunday ramziy to‘y o‘tkazgani haqida xabarlar chiqqan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News