
- 2
- 26.08.2026 10:24:00
- 1 min read
Yaponiyalik keksa erkak ikki mushugi — Shushu va Miko bilan hayotini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishib keladi. Uning Instagram sahifasini hozirda 137 mingdan ortiq kishi kuzatadi. U mushuklarini turli kiyimlarda suratga tushiradi, fotosessiyalar uchun noodatiy g‘oyalar o‘ylab topadi va ularni ko‘pincha gullar, tabiat manzaralari hamda Yaponiyaning turli go‘zal maskanlarida suratga oladi.
Biroq mushuklar fotosessiyaga har doim ham rozi emas. Ular ko‘pincha kameraga norozi qaraydi, ba’zida esa egasining quchog‘ida ham bir-biri bilan urishib ketadi. Aynan shunday kulgili va samimiy kadrlar internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortib, minglab izoh va reaksiyalar yig‘moqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shushu 2016-yilda, Miko esa 2024-yilda oilaga qo‘shilgan. Otaxonning avvalgi mushugi Volf esa 2020-yilda 18 yoshida vafot etgan. Uning Instagram’dagi @catwolf0314 sahifasi ham aynan Volf nomi bilan bog‘liq.