
- 29
- 11.11.2025 07:58:00
- 1 min read
Akfa Group kompaniyasi asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev AQSHning Kentukki shtatida yirik sanoat majmuasini qurishni boshlaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zavodda alyuminiy mahsulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari, quyosh panellari va oynalar uchun detallar ishlab chiqariladi. Loyihaning umumiy qiymati 600 million dollarni tashkil etadi.
Ortiqxo‘jayev “O‘zbekiston 24” telekanalidagi “Menimcha” dasturiga bergan intervyusida bu loyiha turk hamkori bilan hamkorlikda amalga oshirilayotganini aytdi. Dastlabki bosqichda 105 million dollar investitsiya jalb qilinadi.
Bu Akfa Group’ning O‘zbekiston tashqarisidagi birinchi yirik zavodi bo‘lib, kompaniya xalqaro miqyosda o‘z faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp yaqinda O‘zbekiston 100 milliard dollar miqdorida AQSH iqtisodiyotiga investitsiya kiritishini ma’lum qilgan edi.