
- 0
- 20.10.2025 15:15:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Darxon hududida chiyabo‘ri ko‘ringani haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Foydalanuvchilarning yozishicha, yovvoyi hayvon bir necha kundan beri shaharda aylanib yuribdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hayvon hozircha insonlarga zarar yetkazmagan, biroq mushuklar bilan oziqlanmoqda. Ekofaollar bu holatni ko‘plab daydi itlarning yo‘q qilinishi bilan bog‘lamoqda. Ularning aytishicha, aynan shu itlar shahar va tabiat orasidagi tabiiy to‘siq bo‘lib xizmat qilib kelgan.