Isroil G‘azoga insonparvarlik yordam yetkazilishini to‘xtatdi

Isroil G‘azoga insonparvarlik yordam yetkazilishini to‘xtatdi
  • 0
  • 20.10.2025 15:02:00
  • 1 min read

Hamas jangarilarining hujumi oqibatida ikki isroillik askar halok bo‘lgach, Isroil mudofaa kuchlari G‘azodagi bir necha obyektlarga zarba berdi. Shu sababli mamlakat G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazishni vaqtincha to‘xtatdi. Rasmiylar yordam yetkazish “keyingi bildirishnomagacha” to‘xtatilganini aytgan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Isroil Vashingtonga yordam o‘tish punktlarini yaqin kunlarda qayta ochishni rejalashtirayotganini bildirgan. Falastin hukumati matbuot xizmatiga ko'ra, Isroil bu kelishuvni 47 marta buzgan, bu hujumlar davomida 38 kishi halok bo'lgan, 143 kishi jarohatlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News