
- 0
- 09.10.2025 08:07:00
- 1 min read
G‘azoda 2023-yil 7-oktabrdan beri davom etayotgan Isroilning harbiy hujumlari nihoyasiga yetmoqda. Misrda o‘tgan muzokaralar natijasida Hamas va Isroil o‘rtasida otashkesim to‘g‘risida kelishuv imzolandi. AQSH prezidenti Donald Tramp otashkesimning birinchi bosqichi ishga tushishini, dushanba kuni esa birinchi asirlar almashinuvi amalga oshirilishini ma’lum qildi. Tomonlar kelishuvni tasdiqladi. Tramp ushbu tarixiy va misli ko‘rilmagan voqeani amalga oshirishda Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilgan Qatar, Misr va Turkiya vositachilariga minnatdorchilik bildirdi. Tramp kelishuv imzolanishiga guvoh bo‘lish uchun 12-oktabrgacha Yaqin Sharqqa uchib ketishga tayyorligini aytdi.
Bu xabarni eshitgan G‘azo aholisi ko‘chalarga chiqib, quvonch bilan nishonlashdi.