
- 2
- 25.08.2026 11:20:00
- 1 min read
Eron davlat telekanali AQSH prezidenti Donald Trampning 20 yoshli o‘g‘li Barron Trampni o‘ldirish uchun 10 million dollar mukofot va’da qilinganini ko‘rsatuvchi lavhani efirga uzatdi.
Taxminan uch daqiqalik syujetda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlardan foydalanilgan. Unda Barronning universitetga borish yo‘nalishi va tez-tez bo‘ladigan joylari ko‘rsatilgan.
Biroq lavhada Barron Trampga nisbatan haqiqiy suiqasd tayyorlanayotganini tasdiqlovchi ishonchli dalillar keltirilmagan. Rolikdagi ma’lumotlarning katta qismi sahnalashtirilgan va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlardan iborat.
Eron davlat OAVlari avval ham Tramp oilasi a’zolariga nisbatan tahdidli mazmundagi materiallarni e’lon qilgan.