
- 0
- 09.10.2025 12:25:00
- 1 min read
Eron endilikda ayollar uchun hijob o‘rashni majburiy talablardan chiqardi. Bu haqda Eronning Maqsadga muvofiqligini baholash kengashi a’zosi Muhammadrizo Bahonar ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hijobga oid qonun endilikda ijro etilmaydi, ya’ni hijob o‘ramagan ayollarga jarima yoki boshqa qonuniy sanksiyalar qo‘llanmaydi. Bahonar har bir davlatda kiyinish qoidalari mavjudligini eslatgan, biroq “odamlarni majburlab hijob kiyishga undab bo‘lmasligini” ta’kidlagan. Avvalroq Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ham hijobni majburiy qilishga qarshi chiqib, “zo‘rlab hijob kiydirish natija bermaydi”, degan edi. Ma’lumki, 2022-yilda Mahsa Amini hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun hibsga olinib, vafot etganidan so‘ng mamlakat bo‘ylab yirik norozilik namoyishlari boshlangan edi. Shu voqeadan keyin Eron hukumati hijob siyosatini bosqichma-bosqich yumshata boshladi.