
- 3
- 27.08.2026 19:35:00
- 1 min read
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik pensiya miqdori so‘nggi 10 yilda 3,3 baravarga oshgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda o‘rtacha pensiya 494,2 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 1 mln 649,2 ming so‘mga yetgan.
Pensiya miqdori yillar davomida quyidagicha oshgan:
🔹 2016-yil — 494,2 ming so‘m;
🔹 2017-yil — 556,8 ming so‘m;
🔹 2018-yil — 640,5 ming so‘m;
🔹 2019-yil — 733,2 ming so‘m;
🔹 2020-yil — 848,5 ming so‘m;
🔹 2021-yil — 963,6 ming so‘m;
🔹 2022-yil — 1,08 mln so‘m;
🔹 2023-yil — 1,23 mln so‘m;
🔹 2024-yil — 1,5 mln so‘m;
🔹 2025-yil — 1,65 mln so‘m.
Prognozlarga ko‘ra, o‘rtacha pensiya 2027-yilda 1,8 mln, 2028-yilda 1,9 mln, 2029-yilda esa 2,1 mln so‘mga yetishi kutilmoqda.