
- 6
- 16.10.2026 15:02:00
- 1 min read
Hukumat qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari o‘zlari faoliyat yuritayotgan bino va inshootlarning tashqi tomoniga joylashtirgan nomi, faoliyat turi yoki tovar belgisi ko‘rsatilgan peshlavhalar tashqi reklama hisoblanmaydi. Shu sababli ular uchun reklama joyi pasportini rasmiylashtirish talab etilmaydi. Shuningdek, yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli avtotransport vositalariga reklama joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xabarnoma yuborishi mumkin. Bunda reklama joyi pasporti avtomatik shakllantiriladi va yig‘im undirilmaydi. Qarorda tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish tartibi ham belgilangan. Unga ko‘ra, obyekt egasiga ikki kun oldin yozma xabar yuborilishi, demontaj haqidagi ma’lumot esa veb-saytda e’lon qilinishi kerak. Ishlar faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.