
- 2
- 02.09.2026 20:52:00
- 1 min read
Chexiyada ota-ona uch farzandi va iti bilan temiryo‘lni kesib o‘tayotgan paytda xavfli holat yuz berdi. Poyezd kelayotganiga qaramay, oila relslar orqali o‘tishga qaror qilgan va bolalardan biri qoqilib, yiqilib tushgan. Onasi uni tezda ko‘tarib, xavfsiz joyga olib chiqishga ulgurgan. Oradan bir necha soniya o‘tib esa yo‘lovchi poyezdi katta tezlikda ular turgan joydan o‘tib ketgan.
Hodisa qo‘shni yo‘lda turgan boshqa poyezd mashinisti kabinasidagi kamera tomonidan tasvirga olingan. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ota-onaning bunday xavfli harakati keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan.