
- 1
- 20.08.2026 10:57:00
- 1 min read
Hindistonning Bihar shtatidagi maktabda o‘quvchilarga tuz o‘rniga adashib kir yuvish kukuni berilgani aytilmoqda. Shundan so‘ng kamida 34 nafar bola o‘zini yomon his qilib, kasalxonaga olib ketilgan.
Hodisa 18-avgust kuni Nalanda tumanidagi Parsa o‘rta maktabida yuz bergan. O‘quvchilarga bepul tushlik sifatida guruch, kartoshka va soyali sabzavotli karri berilgan. Ayrim bolalar qo‘shimcha tuz so‘raganida, oshxona xodimi adashib tuz o‘rniga kir yuvish kukunini uzatgan. Ovqatdan keyin o‘quvchilarning boshi aylangan, ayrimlari qayt qilgan va oshqozonida kuyish hissi paydo bo‘lgan. Ular dastlab maktabda tibbiy yordam olgan, keyin shifoxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar bolalarning ahvoli barqaror ekanini ma’lum qilgan. Shtat hukumati hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.