
- 0
- 13.10.2025 15:04:00
- 1 min read
Samarqandda qimorga berilgan ukasini daraxtga bog‘lab, elektr kabeli bilan urgan aka-uka sud tomonidan aybdor deb topildi. Voqea 20-iyun kuni yuz bergan. 29 yoshli erkak internet qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgani sabab, uni “tartibga chaqirmoqchi bo‘lgan” aka-ukasi daraxtga bog‘lab kaltaklagan. U uyga olib kirilganidan so‘ng vafot etgan. Marhumning ayoli: “Bitta qiz farzandimiz bor, birga kirganini koʻrmadilar. Oʻyin oʻynardilar, lekin hech kimga yomonlik qilmasdilar. Kredit olib, oʻzlari toʻlayotgandi. ‘Kreditini toʻlasin, deb shu ishni qildim’, dedi qaynakam. Lekin voqeadan 10-15 kun oldin erim kredit uchun qariyb 7 million toʻlagandi. Bir yil-u 8 oy yashadik. ‘Butka’ yasab, payvandchilik qilardilar. Ularning oʻrtasida nima boʻlganki, bu darajada bogʻlab qoʻyib, urishgan, tushunmayman”, dedi. Sud hukmiga ko‘ra, marhumning akasiga 8 yil 6 oy, ukasiga esa 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.