
- 1
- 30.09.2025 10:00:00
- 1 min read
Samarqand viloyati Payariq tuman markaziy shifoxonasi hamshirasi K.A. ruhiy nosog‘lom ayolning 3 kunlik chaqalog‘ini aldov yo‘li bilan olib, tanishiga 5 mln so‘m va 100 dollar evaziga sotib yuborgan. Mablagʻlarni esa oʻz shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Holat aniqlangach, bola qaytarilib, tug‘uruqxonaga topshirilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, K.A. odam savdosida aybli deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, unga 2 yil sog‘liqni saqlash tizimida ishlash taqiqlangan. Dastlabki sud hukmida hamshiraning Minlo mashinasi jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga musodara qilinsin, deb belgilangan. Lekin keyinroq apellyatsiya sudi bu qarorni bekor qilgan.