- 6
- 15.02.2023 14:27:00
- 1 min read
Bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan. Birinchi Prezidentning hayoti va faoliyati haqida ko‘proq bilishni istaysizmi? Unda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishni rejangizga kiriting. Bu yerda siz fotosuratlar, hujjatlar va hatto prezidentning shaxsiy buyumlarini ko‘rishingiz mumkin.
Shuningdek, Islom Karimov asarlari to‘plamlari bilan tanishib chiqasiz. Hashamatli saroyda, muzeydan tashqari, kutubxona va o‘quv zali, ilmiy markaz va anjumanlar zaliga tashrif buyurishingiz mumkin. Saroy yonidagi balandlikda Islom Karimovning bronza haykali joylashgan.