Qirg‘izistonda 17 yoshli qizning o‘ldirilishi ortidan o‘lim jazosi qayta tiklanyapti

Qirg‘izistonda 17 yoshli qizning o‘ldirilishi ortidan o‘lim jazosi qayta tiklanyapti
  • 6
  • 04.10.2025 17:10:00
  • 1 min read

Qirg‘izistonda 17 yoshli Oysuluv Mukasheva zo‘rlab o‘ldirilgani mamlakat va butun Markaziy Osiyoni larzaga soldi. Qiz 27-sentabr kuni yo‘qolib, ikki kundan keyin jasadi topilgan. Ushbu daxshatli jinoyatni sodir etgan erkak ilgari sudlangan bo‘lib, u qizni qo‘shni qishloqqa olib borib zo‘rlagan va qiynab, bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Erkak hibsga olingan va tergov jarayoni shaxsan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning nazoratiga olingan. Shuningdek, Sadir Japarov jamoatchilikning noroziligi fonida bolalarni, ayollarni zo‘rlash va o‘ldirish holatlari uchun 2007-yilda bekor qilingan o‘lim jazosini qayta joriy qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqishni buyurdi.

Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksiga ko‘ra, Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda ayollar uchun eng xavfli davlat sanaladi — mamlakatda har yili o‘rtacha 30 ayol qotillik qurboni bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News