
- 0
- 16.10.2025 14:33:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi maktablardan birida direktor ayolni ishga olish sharti sifatida u bilan jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan audioyozuv tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, holat belgilangan tartibda o‘rganilgan va 16-oktabrdagi buyruq bilan mazkur shaxs direktorlik lavozimidan ozod etilgan. Boshqarma bunday holatlar pedagog obro‘siga dog‘ tushirishini ta’kidlab, ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Ta’lim vazirligi tizimidagi yana bir xodim ayollarga lavozim evaziga intim aloqa taklif qilgani uchun ishdan olingandi.