Hindistonda 5G tarmog‘i ishlamagani uchun aholi texnik xodimni aloqa minorasiga bog‘lab qo‘ydi

Hindistonda 5G tarmog‘i ishlamagani uchun aholi texnik xodimni aloqa minorasiga bog‘lab qo‘ydi
  • 3
  • 14.09.2026 16:52:00
  • 1 min read

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Hardauli qishlog‘ida aholi ikki yildan beri 5G tarmog‘idagi uzilishlardan norozi bo‘lib kelgan.
Muammoni bartaraf etish uchun qishloqqa kelgan telekommunikatsiya kompaniyasining texnik xodimini aholi o‘rab olib, aloqa minorasiga bog‘lab qo‘ygan. Ular kompaniya rahbariyati kelib, aloqa muammosini hal qilmaguncha uni qo‘yib yubormasliklarini aytgan.
Politsiya voqea joyiga yetib kelganidan so‘ng texnik xodim ozod qilingan. Hodisa bo‘yicha olti kishi hibsga olingan va keyinchalik garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News