
- 0
- 05.08.2025 11:11:00
- 1 min read
Hindistonning Srinagar aeroportida armiya zobiti Ritesh Kumar Singh SpiceJet xodimlariga hujum qildi. Mojaro ortiqcha yuk uchun to‘lov so‘ralgani sabab yuzaga kelgan.
Zobit ro‘yxatdan o‘tmasdan samolyotga chiqmoqchi bo‘lgan, xodimlar uni to‘xtatgach, to‘rt kishini do‘pposlagan. Birining umurtqasi sinib, boshqalari ham og‘ir tan jarohati olgan. Singh o‘zini provokatsiyaga uchraganini aytgan. Aviakompaniya uni “qora ro‘yxat”ga kiritmoqda. Mudofaa vazirligi voqeani o‘rganayotganini bildirdi.