
- 0
- 09.10.2025 16:37:00
- 1 min read
Tojikiston poytaxti Dushanbeda elektrosamokat, elektroskuter va boshqa shaxsiy harakat vositalaridan foydalanish 2030-yilgacha vaqtincha taqiqlandi. Bu qaror shahar Xalq deputatlari kengashi tomonidan qabul qilingan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, cheklov quyidagi maqsadlarda joriy etilgan: 🔹 yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish; 🔹 avtomobil va piyodalar harakatiga xalaqit bermaslik; 🔹 yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash. Elektrosamokat va skuterlardan faqat maxsus ajratilgan joylarda foydalanishga ruxsat etiladi. Taqiq xavfsiz infratuzilma yaratilguncha kuchda bo‘ladi. Aholiga, ayniqsa ota-onalarga, bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va taqiqlangan vositalardan foydalanmaslik tavsiya qilinmoqda.