Xitoyda ayol ikki o‘g‘lini sotib, pulni strimerlarga sarfladi

Xitoyda ayol ikki o‘g‘lini sotib, pulni strimerlarga sarfladi
  • 0
  • 14.07.2025 08:49:00
  • 1 min read

Xitoyning Guansi provinsiyasida yashagan 26 yoshliayol o‘zining ikki farzandini sotib, jami 11 600 dollarni jonli efir olib boruvchi strimerlarga sovg‘a qilgan. U bu pullarning bir qismini kiyim-kechak va hashamatli buyumlar xaridiga ham sarflagan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol ikkinchi bolasini ataylab sotish maqsadida dunyoga keltirgan. U birinchi o‘g‘lini 2020-yilda 6 300 dollarga, ikkinchisini esa 2022-yilda 5 300 dollarga sotgan. Ikkala holatda ham pullar strimerlarga xayriya tarzida yuborilgan.
2022-yil aprel oyida ayol firibgarlik va odam savdosi gumoni bilan qo‘lga olingan. Tergovda uning telefonidan bolalarni sotish bo‘yicha yozishmalar aniqlangan. Ikkala bola politsiya tomonidan topilgan va hozirda davlat qarovida.
Sud ayolni 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi va 4 000 dollar jarima belgiladi. Bolani sotib olgan shaxs 9 oyga, ayolga uy ijaraga bergan erkak esa 7 oyga qamalgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News