Britaniyada farrosh ko‘p ishlagani uchun ishdan haydaldi

Britaniyada farrosh ko‘p ishlagani uchun ishdan haydaldi
  • 2
  • 04.10.2025 08:33:00
  • 1 min read

Britaniya parlamentida ishlagan farrosh 16 yil davomida yashirincha ikki ishda faoliyat yuritgani uchun ishdan bo‘shatildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u 2008-yildan 2024-yilgacha kunduzi Deutsche Bankda, kechasi esa parlamentda haftasiga 5 kun ishlagan. Shu davrda u kuniga qariyb 17 soat mehnat qilgan. Bu Britaniyaning smenalar orasidagi minimal 11 soatlik dam olish to‘g‘risidagi qonuni buzilishi hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News